DADY
Ota-ona nazorati ilovasi

Bolangizning telefon vaqti sizning qoʻlingizda

DADY bilan ilovalarga vaqt limiti qoʻyasiz, dars va uyqu vaqtida telefonni bloklaysiz, bola qayerdaligini xaritada koʻrasiz.

  • Android va iOS
  • Oʻzbek, rus va ingliz tillarida
  • Telegram yoki email orqali kirish

Qanday tuzilgan

Ikki ilova, bitta oila

Ota-ona oʻz telefoniga, bola esa oʻzinikiga DADY oʻrnatadi. Ilovalar 6 xonali kod orqali bogʻlanadi.

Sizning telefoningizda

Ota-ona ilovasi

  • Limit va jadvallarni belgilaysiz
  • Joylashuv va tarixni koʻrasiz
  • Hisobotlarni ilovada yoki Telegramda olasiz

Bolaning telefonida

Bola ilovasi

  • Bugun qancha vaqt qolganini koʻrsatadi
  • Qaysi ilovalar ochiqligini koʻrsatadi
  • Ota-ona PIN-kodisiz oʻchirib boʻlmaydi

Imkoniyatlar

Telefon oilangiz qoidalariga amal qiladi

Har kun uchun oʻz limiti

Oʻyin-kulgu ilovalariga umumiy kunlik vaqt yoki har bir ilovaga alohida limit qoʻying. Dam olish kunlari koʻproq ruxsat bering.

Bola qayerdaligini biling

Joylashuv xaritada real vaqtda koʻrinadi. Aloqa uzilsa, oxirgi maʼlum joy va vaqt saqlanib qoladi.

Dars va uyqu vaqtida telefon dam oladi

Jadvalni hafta kunlari boʻyicha tuzing. Belgilangan vaqtda ilovalar yopiladi, siz tanlagan muhim ilovalar esa ochiq qoladi.

YouTube va brauzer tarixi

Qaysi videolarni koʻrgani va qaysi saytlarga kirganini vaqti bilan koʻrasiz.

Doim ochiq, doim yopiq

Qoʻngʻiroqlar va oʻqish uchun kerakli ilovalar limitga qaramay ishlaydi. Keraksizlarini butunlay yopib qoʻyasiz.

Bola nazoratni oʻchira olmaydi

DADY’ni oʻchirish uchun ota-ona PIN-kodi kerak. Yangi ilova oʻrnatishni ham cheklab qoʻyishingiz mumkin.

  • Kunlik hisobot

    Har kuni qaysi ilovada qancha vaqt oʻtgani.

  • Bir nechta farzand

    Hammasi bitta ota-ona ilovasida.

  • Uch tilda

    Oʻzbek, rus va ingliz tillari.

  • Video yoʻriqnoma

    Har bir sozlama qisqa video bilan koʻrsatiladi.

Qanday ishlaydi

Uch qadamda sozlanadi

  1. Ota-ona ilovasini oʻrnating

    Telegram yoki email (Gmail, iCloud) orqali kiring. SMS kod kerak emas.

  2. Bola telefonini ulang

    Ilovada 6 xonali kod chiqadi. Uni bola telefonidagi DADY’ga kiriting yoki havolani bolaga yuboring.

  3. Ruxsatlarni bering va qoidalarni belgilang

    Bola ilovasi har bir ruxsatni qisqa video bilan tushuntiradi. Soʻng limit va jadvallarni oʻrnatasiz.

Telegram bot

Hisobotlar Telegramga keladi

@dadyparents botini ulang. Kunlik hisobot, limit va jadval haqidagi xabarlar ilova yopiq boʻlsa ham keladi.

Botni ochish @dadyparents

Narxlar

Oddiy va tushunarli narx

Obunaga kiradi

  • Bola joylashuvi xaritadaReal vaqtda va oxirgi maʼlum joy
  • YouTube va brauzer tarixiVideolar va saytlar, vaqti bilan
  • Jadval boʻyicha bloklashDars va uyqu vaqtida

Oylik

19 900soʻm / oy

Har oy toʻlanadi

Boshlash
20% tejaysiz

Yillik

190 000soʻm / yil

Oyiga 15 833 soʻm
Oylik tarifdan 48 800 soʻm arzon

Boshlash

Savollar

Koʻp beriladigan savollar

Javob topmadingizmi? Telegramda yozing: @dadyparents

Bola DADY’ni oʻchirib yubora oladimi?

Yoʻq. DADY’ni oʻchirish uchun ota-onaning PIN-kodi soʻraladi.

Qaysi telefonlarda ishlaydi?

Android va iOS’da. Xiaomi, Redmi va POCO telefonlarida qoʻshimcha ruxsat kerak boʻladi, ilova uni qadamma-qadam koʻrsatadi.

Bola bloklanganda nimani koʻradi?

Bola ilovasida «Qurilma ota-ona tomonidan bloklangan» degan yozuv chiqadi. Limit boʻyicha qancha vaqt qolgani ham koʻrinib turadi.

Bir nechta farzandni nazorat qilsa boʻladimi?

Ha. Ota-ona ilovasiga bir nechta farzand qoʻshasiz va ular orasida bir bosishda almashasiz.

Roʻyxatdan oʻtish uchun SMS kerakmi?

Yoʻq. Telegram yoki email (Gmail, iCloud) orqali kirasiz.

Ilova qaysi tillarda ishlaydi?

Oʻzbek, rus va ingliz tillarida. Tilni sozlamalarda istalgan vaqtda almashtirasiz.

DADY’ni oʻrnating va bugundan boshlang

Ota-ona ilovasini oʻz telefoningizga, bola ilovasini farzandingiz telefoniga oʻrnating.